Narx qarib 3 baravarga ko'tarildi!
Mahsulot sifati va tasiriga gap so'z bo'lishi mumkin emas. Yillar davomida foydasini ko'rib keldik. Lekin afsuski narxini birdaniga 250mingdan 600mingga oshirishgani uchun xarid qilishni to'xtatib qoydik. Har doim eliksirni ishlab chiqaradiganlarni haqqiga duoda edik. Lekin bunaqa qilib foydani o'ylab qolishgani odamni ranjitdi. Boshqa biror doridan shifo topa olmagan farzandim shu damlama sababli tuzaldi, muntazam berib kelayotgandik to narxi ko'tarilguncha. Endi esa narxlar juda qimmat... Xullas, insof bilan sal bo'lsa ham savob uchun, insonlar manfaati uchun Alloh roziligini istab savdo qiladigan tadbirkorlar ko'paysin!