Sharq davlatlari hukmdorlari uchun yashash, xukmronlik qilish, mehmonlarni kutib olish davlat kuch-qudratini ko‘rsatish maqsadida qadim qadimdan muhtasham saroylar bunyod etish odat tusiga kirgan. Saroylar xon va ularning yaqinlari yashaydigan, davlat xizmatlari bajariladigan joy hisoblangan. Shu boiski, yaxlit me’moriy holda bizgacha etib kelgan. Xiva shahrida bir emas, bir nechta xon saroylari xamon mavjud. Ana shulardan biri – Olloqulixonning mashhur Tosh hovli saroyidir.
Me’morchilik ornamenti va monumental amaliy san’at sohasida xalq ustalari erishgan eng yaxshi yutuqlar haram devorlari bezagida o‘z ifodasini topgan. Ayvon devorlaridagi katta sirkor pannolarning o‘simliksimon gireh naqshlari, ulardagi bezaklar bir biriga uncha o‘xshamaydi. Ustunlardagi va eshiklardagi yog‘och o‘ymakorligi esa ayniqsa nafis bajarilgan.
Serhasham hovliga nisbatan qaznoq, dolon va bolaxonalar juda ham ko‘rimsizdir. Ochiq o‘choq dudlari qaznoqning devor va shiftlarini qoraytirib yuborgan. Xotinlar ayvonini xon turar joyi bilan birlashtiruvchi dolon faqat tepadagi tuynuklar bilan biroz yoritilgan. Ko‘rinishxona yoki arzxonaning xovlisiga borish uchun bir qancha yarim qorong‘i dolon-xonalarni bosib o‘tish kerak bo‘lgan.
Saroyning navbatdagi qurilgan joyi mehmonxona binosidir. Uning tuzilishi Tosh hovlidagi arzxonaga va Ko‘hna Arkdagi ko‘rinishxonaga o‘xshab ketadi. Tosh hovli saroyining haram qismida 1945-1983 yillarda tarix muzeyi joylashgan edi. 1976 yilda boshlangan ta’mirlash ishlaridan keyin haram hovlisida “Xorazm xunarmandchiligi” muzeyi ekspozitsiya qilib ochilgan. Bu ekspozitsiya hozirgi kunda ham faoliyat ko‘rsatmoqda.
Tosh hovli saroyi yillar natijasida bir necha bor ta’mirlangan. Tosh hovli saroyining mehmonxona va arzxona qismlari 2001 yili qayta ta’mirlanib, sayohatchilarga namoyish qilish maqsadida ochildi. Ushbu hovlilarda “Devonbegi”, “Mirzo” va “O‘tov” interьerlari joylashgan.
Ирина Козлова
مستوى 21 خبير محلي
نوفمبر 4 ، 2023
Как пишет вики: Таш-Хаули — дворцовый комплекс в Хиве (Узбекистан), главный дворец хивинских ханов в XIX веке. Очень красивый. Сейчас здесь музей с интересными экспонатами , рассказывающими о ТОЙ - далёкой жизни предков!
Mila Dobronravova
مستوى 5 خبير محلي
يناير 13
Хорошее место, только через одного продавцы лавок хотят обдурить туристов-за 350 тыс сум продали компот, за 800тыс -чопон некачественный и не хотели возвращать деньги. Пришлось обращаться в полицию. Хорошо, что у них есть отдел по защите прав туристов.